LOYIHALAR VA FAOLIYAT YO‘NALISHLARI
17 yoshimda asos solingan “New World Savdo” oilaviy korxonasi orqali kichik ishlab chiqarishdan boshlab barqaror biznesgacha bo‘lgan yo‘l bosib o‘tildi. Faoliyatim davomida:
Mahallabay ishlash tizimi asosida hududiy kooperatsiya yo‘lga qo‘yildi
Xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan amaliy loyihalar amalga oshirildi
O‘nlab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi
2023-yildan buyon yoshlar yetakchisi sifatida institut va hudud miqyosida faoliyat olib borib kelmoqdaman. Ushbu yo‘nalishda:
Talabalar va yoshlarni faollikka undovchi loyihalar tashkil etildi
Ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy va ijtimoiy tadbirlarda yetakchilik qilindi
Jamoa bilan ishlash va liderlik ko‘nikmalari shakllantirildi
2022-yildan buyon Toshkent To‘qimachilik va Yengil sanoat instituti talabasi sifatida tahsil olib kelmoqdaman. Talabalik faoliyatim davomida:
Kasbiy bilimlarimni amaliy loyihalar bilan mustahkamlab bordim
2024-yilda talabalar almashinuv dasturi doirasida Latviyada bo‘ldim
Yevropaning bir qator davlatlarida xalqaro tajriba orttirdim