Vatanparvar liderlar loyihasi
10-yanvar kuni Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan Yoshlar yetakchilari “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida tashkil etilgan “Vatanparvar liderlar” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.
⚡️ Loyiha doirasida ishtirokchilar universitetning o‘quv mashg‘ulot xonalari, muzeyi va harbiy ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tarixiy eksponatlar, milliy armiyamizning rivojlanish bosqichlari va harbiy bilimlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
✔️ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan Surxonbek Xo’jamurodov, institut yoshlar yetakchisi sifatida, loyihada faol ishtirok etdi va “Matonat” jamoasi bilan birgalikda faxrli 1-o‘rinni egalladi. Jamoalar kvestning arqon tortish, turnikda tortilish, o‘q otish va AK-47 qurolini yig‘ish musobaqalarida kuch sinashdi.
📌 Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Matonat
2-o‘rin — Jasorat
3-o‘rin — Qalqon
4-o‘rin — Vatanparvarlar
✏️ Tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazilishida hissasi qo‘shgan barcha tashkilotchilar, O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti va Yoshlar yetakchilariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!