Har bir yoshning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab va rag‘batlantirib kelayotgan yurt farzandlarimiz.
Har bir yoshni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi turishga, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va mustahkam qarashlarga ega qilib tarbiyalash jarayonida ko‘plab ustuvor g‘oyalarni ilgari surayotgan yurt farzandlarimiz.
Har bir yosh o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan komillikka erishish yo‘lida imkoniyatlar yaratgan yurt farzandlarimiz.
Xa, biz o‘sha mustaqil O‘zbekistonning baxtli farzandlari!
Samarqand — afsonayu ertak shahri. Tojikzabon millatdoshlarimiz orasida “Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast, Buxoro quvvati Islomi dini xast” degan naql bor. Bu so‘zlarni inkor etib bo‘lmaydi — Samarqand haqiqatan ham kurrayi zaminning sayqalidir.
Ichki turizimni rivojlantirish, yoshlarga ma’naviy ozuqa ulashish hamda tarixiy qadamjolarni yod etish maqsadida, 25-may kuni TTYSI talabalari uchun ko‘hna Samarqand shahriga sayri-sayohat uyushtirildi.
Ushbu turistik sayohatni tashkil etib, talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona munosabatni jonlantirishda o‘z tashabbusini ko‘rsatgan institut rahbariyatiga o‘z tashakkurimizni bildiramiz.
Mutolaa har bir bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy kompetensiyalari va mahoratini mustahkamlash bilan birga, uni ma’naviy jihatdan ham rivojlantiradi.
Shu maqsadda “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti bugun institutimiz talabalari o‘rtasida “Kitobxon” nomli tanlovning 1-bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Natijalar esa a’lo darajada bo‘ldi va talabalar ijodiy yondashuv hamda bilimlarini namoyish etdilar.
Yengil sanoat texnologiyalari va dizayn fakultetiga qarashli 1-sonli talabalar turar joyida kuni kecha “Nazm va navo” nomli musiqiy kecha tashkil qilindi.
Tadbir davomida talabalar musiqa va she’riyat orqali ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar, kecha do‘stona va iliq muhitda o‘tdi.
Videolavhalarda kecha atmosferasini yaqindan his etish mumkin.
TTYSI Yoshlar ittifoqi
18-aprel kuni oliygohimizda talabalar o‘rtasida “Qopqon” o‘yini tashkil etildi.
Ushbu o‘yinda talabalar faol ishtirok etib, strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyish etdilar. O‘yin juda qizg‘in va qiziqarli tarzda o‘tdi, ishtirokchilar uchun unutilmas taassurot qoldirdi.
Bugungi kunda to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi bo‘yicha dunyoda qator davlatlar peshqadamlik qilmoqda. Ular jumlasiga Turkiya ham kiradi. Ushbu qardosh mamlakat bilan ikki davlat rahbarlari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan do‘stlik va hamkorlik aloqalari nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki oliy ta’lim tizimida ham o‘zining samarali natijasini bermoqda.
Xususan, 15-fevral kuni institutimiz talabalari Turkiyaning Sakarya universiteti talabalari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdilar. Suhbat davomida talabalar mamlakatimizning boy tarixi, qadimiy shahar va obidalari haqida ma’lumot berib, milliy urf-odatlarimiz hamda raqslarimizni turk tengdoshlariga namoyish etdilar.
Turfa gullarni ochib, atrofga iforlar taratib, mayin shabbodasi bilan dillarga quvonch ulashib, biz sog‘ingan Navro‘z kirib keldi.
Chuchmoma va moychechaklar yer yuzini bezab, ariq-anhorlar suvga to‘lib, momolarimizni suyuntirib, barchamiz intizor bo‘lgan Navro‘z yana tashrif buyurdi.
U o‘zi bilan birga olamni nurga, qalblarni esa ezgulik va yangilanishga to‘ldirib, Navro‘z kirib keldi.
27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ustozlari va talabalari Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatrida taniqli va iste’dodli aktyor hamda aktrisalar ishtirokida namoyish etilgan “Maktab” nomli spektaklda mehmon bo‘ldilar.
Mazkur spektakl Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida To‘xtamurod Jumayev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xalqaro matematika maktabi” faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, ta’lim va tarbiya mavzusini chuqur badiiy talqin orqali yoritib berdi.
Inson ma’naviyatini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni beqiyosdir. San’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi va ezgulik sari yetaklaydi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
16-mart kuni TDIU Zakovat klubi liga bahslarining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tur ko‘tarinki kayfiyat hamda qiziqarli va mantiqiy savollarga boy tarzda tashkil etildi.
Ushbu tur bahslarida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar ittifoqi jamoasi ham ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Personajlar va mantiqiy savollardan iborat savol paketi o‘yinlarga alohida ruh bag‘ishladi.
Tur davomida liga jamoalari turli natijalarni qayd etdi. Nothing to say jamoasi odatdagidek turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘lsa, Something to say jamoasi ularning ortidan yaqin ta’qibda bormoqda. Arcane jamoasi esa o‘z potensialiga mos natijani ko‘rsata olmadi.
Liga bahslari davom etadi. Keyingi tur o‘yinlarida jamoalardan yanada kuchli va qiziqarli bahslar kutilmoqda.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi raisi Rahmonberdiyev Murodbek Karimberdiyevich hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan Jizzaxlik talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Murodbek Karimberdiyevich o‘z faoliyat tajribasidan kelib chiqib, yoshlarga foydali maslahatlar berdi, shuningdek talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar, erishilgan yutuqlar va ularni qiynayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdi.
Bildirilgan ayrim muammolar uchrashuv davomida joyida hal etildi, qolgan masalalarga esa ish faoliyati jarayonida yechim topilishi ma’lum qilindi. Tadbir talabalar va yoshlar yetakchilari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot maydoniga aylandi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar ittifoqi kengashi a’zolari hamda faol talabalari birgalikda “UzLiDePda mehmonda” nomli yig‘ilishda ishtirok etdilar.
Dastur doirasida siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, professor, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, “Xalqaro press klub” NNT raisi hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan “Siyosiy jarayonlarning globallashuvi” mavzusida ijodiy va mazmunli suhbat o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar global siyosiy jarayonlar, zamonaviy axborot maydoni va media faoliyatiga oid qiziqarli savollarga javob oldilar. Tadbir yoshlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar ittifoqi kengashi a’zolari hamda faol talabalar birgalikda Universal sport saroyida bo‘lib o‘tgan “Besh tashabbus” olimpiadasida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning sport, madaniyat va jamoaviy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar musobaqa jarayonida yuqori faollik va ijobiy kayfiyatni namoyish etdilar.
Tadbir muhitini videolavhalar orqali yaqindan his etish mumkin.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining iqtidorli va iste’dodli talabalari “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining hududiy saralash bosqichida faol ishtirok etdilar.
Tanlov davomida talabalar “Tikansiz tipratikanlar” nomli sahna ko‘rinishini namoyish etib, o‘zlarining aktyorlik mahorati, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvlarini ko‘rsatdilar.
Mazkur chiqish tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan iliq kutib olindi. Talabalarimizga ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilab qolamiz.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yengil sanoat texnologiyalari va dizayn fakultetiga qarashli 1-bino talabalar turar joyida an’anaviy Sumalak party bo‘lib o‘tdi.
Navro‘z ayyomi arafasida tashkil etilgan tadbirda talabalar faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni yoshlar orasida keng targ‘ib etishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Sumalak tayyorlash jarayoni do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi.
Bayram davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, talabalar o‘zaro suhbatlashib, bahor faslining kirib kelishini quvonch bilan nishonladilar. Tadbir talabalar o‘rtasida ahillik, birlik va ijobiy kayfiyatni yanada mustahkamladi.
6-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan musiqiy dastur tashkil etildi.
Tadbir davomida oliygohimizning xotin-qizlari uchun bayramona muhit yaratilib, ularning jamiyat va ta’lim tizimidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Barcha oliygohimiz xotin-qizlariga cheksiz baxt va muhabbat, bahor gullaridek doimo nafislik hamda yulduzlardek porloq hayot yo‘li tilaymiz. Siz bizning hayotimizni munavvar etib turuvchi bebaho qadriyatsiz.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin.
Xabaringiz bor, rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o‘qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi dual ta’lim shakli O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritildi.
Hozirgi kunda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida dual ta’lim tizimi yo’lga qo’yilgan.
Tegishli korxonalarda amaliyot o’tib, ham nazariy ham amaliy bilim va tajribalarini
oshirib kelayotgan 4-bosqich talabasi Shomurzayev Bekjon dual ta’lim tizimi haqida o’z fikrlarini bildirdi.
Bugungi kunda to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi bo‘yicha dunyoda qator davlatlar peshqadamlik qilmoqda. Ular jumlasiga Turkiya ham kiradi. Ushbu qardosh mamlakat bilan ikki davlat rahbarlari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan do‘stlik va hamkorlik aloqalari nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki oliy ta’lim tizimida ham o‘zining samarali natijasini bermoqda.
Xususan, 15-fevral kuni institutimiz talabalari Turkiyaning Sakarya universiteti talabalari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdilar. Suhbat davomida talabalar mamlakatimizning boy tarixi, qadimiy shahar va obidalari haqida ma’lumot berib, milliy urf-odatlarimiz hamda raqslarimizni turk tengdoshlariga namoyish etdilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan kadrlar tayyorlashda texnologlar va muhandislar tarbiyasiga katta ahamiyat berish talabi qoʻyilmoqda.
Ishlab chiqarish sohasining rivoji va unda malakali mutaxassislarning faoliyat olib borishi Yangi Oʻzbekistonning eng oliy maqsadlaridan biridir.
Xususan, yoshlarni zamonaviy kasbiy yoʻnalishlar va texnika sohalaridagi ilm-fanga jalb etish, ular orasida yuqori kvalifikatsiyaga ega xodim imijini tasavvurini shakllantirish uchun joylarda TTYSI vakillari tomonidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.
TTYSIda talabalarni tadbirkorlikka tayyorlash bo‘yicha yirik loyihaga start berildi.
Tekstil sohasidagi yirik brendlar egalari loyihada ishtirok etib, o‘ziga hamkor tayyorlashga qiziqish bildirmoqda.
Yakkasaroy tuman hokimligi va Yakkasaroy tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida shou-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda madaniy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilar uchun unutilmas bayram muhitini yaratdi.
Institut axborot xizmati talabalarning qiziqarli hayoti tasvirlangan videorolik tayyorladi.
Biz o‘z ustida ishlashdan charchamaydigan, doim yangilikka intiladigan ahil jamoamiz. Videoni tomosha qilgach, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.