Tadbirkorlik Tajribasi va Jamiyatdagi Faoliyat
Yosh tadbirkor sifatida faoliyatim
Men, Surxonbek Xo’jamurodov, yoshligimdan tadbirkorlik ruhiga ega bo‘ldim. 2020-yilda 17 yoshimda o‘zining “New World Savdo” Oilaviy korxonasini tashkil etdim. Kichik ishlab chiqarish bilan boshlagan korxona tez orada kengaydi va 5 nafar doimiy xodimga ish o‘rni yaratildi. Shu jarayonda men moliyaviy, tashkiliy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdim.
Mahallabay ishlash va ijtimoiy ta’sir
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida korxona “Yetakchi” sifatida tan olindi. Shundan so‘ng G‘allaorol tumanidagi og‘ir hududlardan bo‘lgan xotin-qizlarni ko‘rparatsiya asosida ish bilan ta’minladim. 2022-yilda esa 21 nafar xotin-qizni o‘qitib, 17 nafarini doimiy ishga joylashtirdim. Bugungi kunda korxonada 40 nafar doimiy va 70 nafar mavsumiy ishchi faoliyat yuritadi. Bu tajriba menga yosh tadbirkor va yetakchi sifatida jamoa bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam berdi.
Innovatsion va ijodiy loyihalar
Korxonam orqali ishlab chiqarish jarayonini doimiy takomillashtirib, yangi mahsulotlar yaratishga intildim. Shu bilan birga, men doimo ilmiy va texnologik yangiliklarni tadbirkorlik faoliyatimga qo‘shishga harakat qilaman. Har bir loyiha — amaliy tajriba va ijodiy yechimlar majmuasidir. Shu orqali nafaqat biznesni rivojlantiraman, balki jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirni ham oshiraman.
Kelajak rejalarim
Yosh tadbirkor sifatida maqsadim korxonani yanada kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va mahalliy hamda xalqaro bozorga chiqishdir. Shu bilan birga, yoshlarni tadbirkorlik va ijtimoiy faollikka jalb qilish, ularni malaka va bilim bilan ta’minlash mening asosiy vazifalarimdan biridir.