19-dekabr kuni dizayn studiyasida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutorlari hamda Yoshlar ittifoqi a’zolari kirib kelayotgan 2024-yil munosabati bilan bayram tashkil etdilar.
Tadbir oldidan yig‘ilganlarga shirinliklar tarqatildi, ularning ustiga turli tilaklar yozilgandi. Dastur davomida kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va interaktiv o‘yinlar namoyish etildi.
Yakunda barcha ishtirokchilar bayram kayfiyatini beruvchi qo‘shiq ostida raqsga tushib, bir-birini kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbdan tabrikladilar.
17-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlab bayram tashkil etildi.
Bayram dasturida talabalar uchun dasturxon tuzildi va ular o‘rtasida interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi. Talabalar jamoa bo‘lib ishlash orqali hamkorlik va ijodiy yondashuvni namoyish etdilar.
Institut hovlisida “Orzular daraxti” devoriy gazetasi tashkil etilib, uning shoxlariga institut ma’muriyati — prorektorlar, dekanlar va o‘rinbosarlar tomonidan talabalar uchun tilaklar yozildi.
30-oktabr kuni oliygohimiz Yoshlar ittifoqi kengashi a'zolari birgalikda **“Turkmaniston madaniyat kunlari”**ga bag‘ishlangan konsert dasturida mehmon bo‘lishdi.
Konsert dasturi tantanali va qiziqarli muhitda taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilarga madaniy meros va ijodiy chiqishlarni yaqindan kuzatish imkonini berdi.
25-oktabr kuni oliygohimiz Faollar zalida Sirojiddin O’sarov bilan birgalikdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonimiz tomonidan berilgan tavsiyalar talabalarimiz uchun juda samarali bo‘ldi va ularning kelajakdagi faoliyatiga ilhom bag‘ishladi.
Iliq kutib olingan mehmonimiz noyabr oyi oxirida yana tashrif buyurishlarini ham ma’lum qildilar. Tadbir talabalar uchun qiziqarli va foydali muhitda o‘tdi.
1-oktabr kuni kecha Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetiga qarashli Talabalar turar joyida Debat-Munozara o‘yini tashkillashtirildi.
O‘yinda talabalar qarama-qarshi fikrlar orqali bahs olib bordilar va o‘z jamoalarini himoya qilishga intildilar. Musobaqa nafaqat mantiqiy fikrlash, balki jamoaviy ishlash va notiqlik qobiliyatlarini ham rivojlantirishga xizmat qildi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Fashion Club” tashkil etilmoqda.
Klub ishtirokchilari netvorking imkoniyatlari, do‘stona muhit, biznes boshlash uchun resurslar va xalqaro maydonda tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bizning klubimizga iqtidorli, shijoatli va masʼuliyatli, shuningdek notiqlik va liderlik qobiliyatiga ega talabalarni taklif qilamiz. Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Fp2vEi5pzWRYUF68A
Joriy yilning 11-oktabr kuni YeSTDF tyutorlari M. Aripdjanova, F. Jumanazarova, Z. Kadirova, A. Rustamov, TTYSI Yoshlar ittifoqi yetakchisi S. Xo’jamurodov va koordinatalari tashabbusi bilan 1-talabalar turar joyida Uchinchi Tashabbus doirasida viktorina o‘tkazildi.
“Tashabbus”ning maqsadi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni rivojlantirish, shuningdek, talaba-yoshlarning o‘z iqtidor va g‘oyalarini namoyish etishga imkon yaratishdir.
Viktorina “MENING INNOVATSION G’OYAM” nomi bilan o‘tkazildi va talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar. Musobaqa qiziqarli va jonli muhitda o‘tdi, ishtirokchilar yangi bilimlar va tajriba bilan boyidilar.
7-oktyabr kuni TTYSI faollar zalida rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oliygoh rahbari Davron Vaxabov talabalarning taklif va fikrlarini diqqat bilan tinglab, har bir savolga batafsil javob berdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘z g‘oya va tashabbuslarini ham taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida oliygoh rahbari va masʼullar talabalarni qiynayotgan muammolarni tez orada hal qilish bo‘yicha aniq vazifalar oldilar. Tadbir talabalarga o‘z fikrlarini erkin bildirish va yetakchilik bilan samarali muloqot qilish imkoniyatini yaratdi.
TTYSI Yoshlar ittifoqi jamoasi tashabbusi bilan birinchi kurs talabalari o‘rtasida “Kubik-Rubik” intellektual o‘yini musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa qiziqarli va jonli muhitda o‘tdi, talabalar nafaqat tezlik, balki mantiqiy fikrlash va strategik yondashuvini ham namoyish etdilar.
Jamoalar bir-biri bilan do‘stona raqobatlashdi, va har bir ishtirokchi o‘z qobiliyatini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, eng tez va aniq yechim topgan talabalar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Musobaqa talabalarni ijodiy fikrlashga va jamoaviy ruhda ishlashga ilhomlantirdi.
TTYSI fakultetlari talabalari oʻrtasida QVZ tanlovi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan tanlovda “Standart”, “Mana shu”, “Yosh oʻzbek” va “Yengil” jamoalari o‘z isteʼdodlarini namoyish etdilar.
Jamoalarni “Dizayn” kulgi jamoasi va QVZ terma jamoasi aʼzolari 3 ta shart davomida 6 ballik tizim asosida baholab bordi.
Tanlov natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni Toʻqimachilik sanoati texnologiyalari fakulteti “Standart” jamoasi egalladi. Gʻolib jamoaga 5 million soʻm va televizor sovgʻa qilindi.