“Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” qurultoyi
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm maskanida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” IV xalqaro ekologik va turizm qurultoyi doirasida yoshlar ekologiya va turizm sohasiga bag‘ishlangan loyihalarni taqdim etdik.
Ushbu tadbirda men ham faol ishtirok etib, o‘z loyihamni taqdim qildim hamda yoshlar orasida ijtimoiy faollik, ekologik ong va turizm sohasidagi innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shdim.
Qurultoy doirasida bo‘lgan muloqotlar va tajriba almashishlar kelgusidagi loyihalarim va ekologik-turizm tashabbuslarimni yanada boyitishga katta imkoniyat yaratdi.
Axborot xizmatlari: zamonaviy yondashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt doirasida yangi bilimlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning uchinchi chaqiruvi muvaffaqiyatli yakunlandi.
10–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur seminar yuqori saviyada, malakali ekspertlar ishtirokida tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy universitetlar filiallarining matbuot kotiblari qatnashdi.
Tinglovchilar axborot xizmatlarining bugungi kun talablariga moslashuvi, raqamli kommunikatsiya vositalari, PR strategiyalari, ijtimoiy tarmoqlardagi kontent siyosati, shuningdek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.
“Toshkent gullar festivali”da qo'shgan hissasi uchun
“Toshkent gullar festivali”ni yuqori saviyada o‘tkazilishida qo‘shgan hissasi, tashkilotchilikdagi faol ishtiroki va yaqindan ko‘rsatgan yordamiga binoan Xo‘jamurodov Surxonbek Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof uning festivalni muvaffaqiyatli tashkil etishga qo‘shgan hissasini tan olish, jamoaviy ishlarda mas’uliyatli yondashuvini qadrlash hamda institut va jamoat ishlaridagi faoliyatini e’tirof etish ifodasidir.
Xo‘jamurodov Surxonbekning tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va ijtimoiy faolligi nafaqat festivalning yuqori saviyada o‘tishiga, balki yoshlar orasida madaniy va estetik qadriyatlarni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shdi.
Bu taqdirlash kelgusidagi loyihalar va faoliyatlarda yangi rag‘bat bo‘lib, undan keyingi tashabbuslar uchun muhim motivatsiya manbai sifatida xizmat qiladi.
“Yangi O'zbekiston” universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida Xo‘jamurodov Surxonbek yoshlar o‘rtasida ta’lim-tarbiya, kasbiy yo‘naltirish hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tashabbuslari, faol ishtiroki va samarali faoliyati uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi faoliyat natijasi bo‘lib, kelgusidagi yangi loyihalar va tashabbuslar uchun muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
“Vazir kubogi” sport musobaqalarida
2025-yil 5-aprel kuni Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari Yoshlar yetakchilari o‘rtasida mini futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning mini futbol yo‘nalishida “Muhandislar” jamoasi tarkibida ishtirok etgan institutimiz vakillari yuksak sport mahorati, jamoaviy birdamlik va qat’iyatni namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Mazkur g‘alaba institutimiz yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, sog‘lom turmush tarziga sodiqligi hamda doimiy faolligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
“Milliy Fashion Show” modalar namoyishi
O‘z kolleksiyamni yaratdim. Undagi har bir libos va har bir detal mening ichki dunyom, g‘oyalarim hamda izlanishlarim natijasidir. Ijod jarayonida turli tajribalar o‘tkazib, har bir matoni, har bir kesimni chuqur tahlil asosida tanladim.
Bu kolleksiya shunchaki kiyimlar majmuasi emas — bu mening ijodiy yo‘limdagi ilk muhim qadamdir. Shu vaqtgacha olgan bilimlarim, olib borgan izlanishlarim va mehnatim aynan ushbu kolleksiyada mujassam bo‘ldi. O‘z ijodimni ilk bor real mahsulotga aylantirganim menga yanada katta ishonch va ilhom bag‘ishladi.
Mazkur kolleksiya bilan “Milliy Fashion Show” modalar namoyishida ishtirok etib, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandim. Bu yutuq kelgusidagi faoliyatim uchun muhim rag‘bat bo‘ldi.
Bu faqat boshlanishi. Oldinda yana ko‘plab loyihalar, yangi g‘oyalar, tajribalar va ijodiy kashfiyotlar meni kutmoqda.
2023-yil 27-sentyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faollar zalida Yoshlar ittifoqi yo‘nalishlari hamda fakultetlar koordinatorligiga ma’qullangan talabalarni tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari Sarvar Ismoilov hamda institut prorektori Ulug‘bek Abdullayev ishtirok etib, yoshlarning ijtimoiy faolligi, yetakchilik mas’uliyati va tashabbuskorligi haqida nutq so‘zladilar.
Ushbu tadbir davomida meni — Surxonbek Xo‘jamurodovni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi etib saylanganligim e’lon qilindi. Bildirilgan ishonch va mas’uliyatni chuqur anglagan holda, yoshlar manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilishga bor kuch-g‘ayratimni safarbar etaman.
Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida “Ishbilarmon–2023” biznes forumi bo'lib o'tdi. Ushbu forum tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, talab biznesni iste'mol qilish bilim va ko' 'a-da ko'rish mumkin bo'lgan imkoniyatlarga erishgan tadbirkorlar etishni targ'ib qilish tashkil etildi.
Tadbir doirasida tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion treninglari o'tkazildi, yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Forum Savdo-sanoat palatasi ko'magida o'tkazilib, unda Jizzax viloyatining 50 nafar faol va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlari hamda tadbirkorlikka qiziqayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir yakunida Savdo-sanoat palatasi topshirilgan e'tirofga bo'lgan 12 nafar tadbirkor esdalik sovg'alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ushbu tadbirda G'allaorolning eng yosh tadbirkori sifatida men ham taqdirlanish sharafiga muyassar bo'ldim.