Ism, Familiya: Xo’jamurodov Surxonbek
Tug‘ilgan sana va joyi: 2003-yil 2-avgust, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani
Men Xo’jamurodov Surxonbek, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tavallud topganman. Bolalik va maktab yillarim shu yerda o‘tgan.
2010–2014: Marjonbuloq sh.f.y dagi 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
2014–2019: “Umid” maktab internati, Jizzax shahar
2019–2022: “Toshkent Kimyo-texnalogiyalari instituti” qoshidagi akademik litsey, Toshkent
Ta’lim yo‘limni 2010-yilda boshladim va 2019-yilda Toshkent shahridagi akademik litseyga qabul qilindim. Bu davrda ilmiy va ijodiy salohiyatimni rivojlantirdim.
2022-yil: TTYSI talabasi
O‘z bilimlarimni yanada oshirish maqsadida 2022-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga qabul qilindim. Bu institutda men nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yangi loyihalar yaratish va o‘z sohamda professional rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldim.
2023-yildan boshlab jamoa bilan ishlash, tashabbus ko‘rsatish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish orqali yetakchilik faoliyatimni boshladim. Ushbu faoliyat jarayonida muammolarga yechim topish, odamlar bilan samarali muloqot qilish va natijaga yo‘naltirilgan ishlash ko‘nikmalarim shakllandi.
Turli ijtimoiy, ta’limiy va tashkiliy loyihalarda jamoa yetakchisi sifatida faol ishtirok etdim. Jamoa a’zolari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, vazifalarni adolatli taqsimlash va belgilangan maqsadlarga birgalikda erishish mening asosiy tamoyillarimdan biridir.
Faoliyatim davomida yangi g‘oyalarni ilgari surish, tadbirlarni tashkillashtirish va ularning ijrosini nazorat qilishda yetakchi bo‘ldim. Har bir loyiha menga mas’uliyatni chuqur his qilish va tezkor qarorlar qabul qilish tajribasini berdi.
Yetakchilik faoliyati menga nafaqat boshqalarni boshqarish, balki o‘zimni ham doimiy rivojlantirish zarurligini o‘rgatdi. Bugungi kunda men yetakchilikni insonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, ularga ishonch berish va o‘sishga undash vositasi deb bilaman.