Yasha Reality Show
Yasha Reality Show
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan “Yasha” ekologik reality show loyihasi RTV telekanalida efirga uzatilmoqda!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi Xo‘jamurodov Surxonbek ushbu loyihaning 1-mavsumi ishtirokchisi sifatida qatnashdi. Dastur davomida ekologik sinovlar, ijodiy topshiriqlar va yashil turmush tarziga oid qiziqarli g‘oyalar namoyish etildi.
Shuningdek, Surxonbek g‘olib bo‘lib, 25 million so‘m miqdorida mukofot yutib oldi va o‘zining ekologik tashabbuslari bilan namuna ko‘rsatdi.